"Tottenxem" Son Xyon Minni ruhshunosga ko'rsatadi. Uning YCHL o'yinida ishtirok etishi so'roq ostida

Alisher
5 noya 2019, 10:12
"Tottenxem" jamoa o'yinchisi Son Xyon Minga ruhiy yordam ko'rsatadi.

Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchisi APL doirasidagi "Everton" (1:1)ga qarshi o'yinda Andre Gomesh bilan bo'lgan vaziyatda o'zini aybdor his qilmoqda.

O'sha vaziyatda "Everton"ning portugaliyalik o'yinchisi Andre Gomeshning oyog'i sinib ketdi.

Vaziyatdan so'ng Son Xyon Min tushkunlikka tushib qoldi va yig'lay boshladi. Hakam esa unga qizil kartochka bergan holda maydondan chetlatdi.

Londonliklar endilikda futbolchini ruhshunosga ko'rsatishadi va bugun o'yinchining YCHL doirasidagi "Crvena Zvezda"ga qarshi o'yin uchun Belgradga borish yoki bormasligi aniq bo'ladi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail