Toshkentga Fabio Kannavaro va Rene Igita keladi

Aslanov Jasurbek
10 fev 2016, 12:02
Kecha Toshkentning "Bunyodkor" klubi "Al Shabab"ni mag'lub etib Osiyo Chempionlar ligasining "B" guruhiga tushdi.

"B" guruhi

Al Nasr, Zobahan, Lahviya, Bunyodkor


2015 yilning oktyabr oyida "Al Nasr" bosh murabbiyligi lavozimini Italiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo'lgan Fabio Kannavaro egalladi.


Bundan tashqari Kolumbiya terma jamoasining afsonaviy posboni, chayon zarba muallifi Rene Igita Saudiya Arabistoni klubining darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlamoqda.


Tarkibdagi yulduzlar

"Al Nasr" safida Saudiya Arabistoni terma jamoasidan joy olgan Umar Havsavi, Naif Hazazi va Muhammad Al-Sahlavi kabi yulduzlar to'p tepadi. Legionerlarga keladigan bo'lsak, "Internasonal" sobiq yarim himoyachisi saudiyaliklar sharafini himoya qiladi. U o'tgan mavsumda ijara asosida "Santos"da o'ynagan. Adrian Mirjejevski ham Saudiya Arabistoni klubi safida to'p tepadi. 2012-2015 yillarda "Vest Xem" sharafini himoya qilgan Mobida Maiga ham "Al Nasr" futbolchisi hisoblanadi.


"Bunyodkor" birinchi turda "Al Nasr" mehmoni bo'ladi. Taqvimdagi o'zgarishlar tufayli ikkinchi turda "qaldirg'ochlar" Fabio Kannavaro jamoasini "Bunyodkor" stadionida qabul qiladi.


23 ferval. "Al Nassr" (S.Arabistoni) - "Bunyodkor"


1 mart. "Bunyodkor"- "Al Nassr" (S.Arabistoni)




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia