Toni Kroos Germaniya terma jamoasi safida yubiley o'yinini o'tkazdi

14 okt 2020, 09:19
Germaniya terma jamoasi Millatlar Ligasi doirasida Shveytsariya bilan 3:3 hisobida durang o'ynadi.

Ushbu bellashuv nemislar a'zosi Toni Kroos uchun mamlakat bosh jamoasi safidagi 100-o'yin bo'ldi.Kroosning hisobida terma jamoa safida urilgan 17 ta gol ham bor. Shuningdek, “Bavariya” a'zosi Yozua Kimmix Germaniya terma jamoasi safidagi o'yinlari sonini 50 taga etkazib oldi.


Manba: Opta