

Unga ko'ra O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining faxriylar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Isoqov To'lagan O'lmasovich O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining faxriylar kengashi a'zosi Shtern Vladimir Aronovich Do'stlik ordeni bilan taqdirlandi.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining faxriylar kengashi a'zosi Yafarov Shamil Gazisovich II darajali Sog'lom avlod uchun ordeni bilan taqdirlandi.
Championat.asia sayti barcha mukofotlanganlarni qizg'in tabriklaydi!



