To'lagan Isoqov, Vladimir Shtern va Shamil Yafarov faxriy unvonlar bilan taqdirlanishdi

Narzulla Saydullayev
24 avg 2021
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining o'ttiz yilligi munosabati bilan fan, talim, sog'liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e'lon qilindi.

Unga ko'ra O'zbekiston futbol associaciyasining faxriylar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Isoqov To'lagan O'lmasovich O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

O'zbekiston futbol associaciyasining faxriylar kengashi a'zosi Shtern Vladimir Aronovich Do'stlik ordeni bilan taqdirlandi.

O'zbekiston futbol associaciyasining faxriylar kengashi a'zosi Yafarov Shamil Gazisovich II darajali Sog'lom avlod uchun ordeni bilan taqdirlandi.

Championat.asia sayti barcha mukofotlanganlarni qizg'in tabriklaydi!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia