Tebas Superliga haqida: "Robin Gud teskari tomonda edi"

Aslanov Jasurbek
24 sen 2021, 19:53
La Liga rahbari Xaver Tebas Superliga loyihasini tanqid qildi.

Eslatib o'tamiz, Superliga loyihasi Yevropaning o'n ikki grand klublari tomonidan aprel oyida boshlangandi. 12 ta klubdan 9 tasi o'z ishqibozlari va futbol jamoatchiligining noroziligiga duch kelib, loyihani tezda tark etishdi. Loyihani haligacha "Real", "Barselona" va "Yuventus" qo'llab-quvvatlamoqda.

"Formatlarni o'zgartirishga hojat yo'q. Formatlarni o'zgartirib, bir jamoaning harakatlari boshqalariga salbiy ta’sir qiladi. Superliga misoli Robin Gud edi, biroq rejalari teskari ko'rindi: kambag'allarni talon-taroj qilish orqali ulushni boylarga berish", - dedi Tebas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena SER