Tarix takrorlandi. "Paxtakor"dan antirekord

Amaldagi chempion 11-turning qoldirilgan uchrashuvida ochko yo'qotdi.

Jizzaxdagi uchrashuv to'g'risida siz e'tibordan qochirgan bazi ma'lumotlarni quyida keltiramiz.

G'alabasiz seriya

Oxirgi paytlarda "Paxtakor" "So'g'diyona"ga qarshi o'yinlarda ancha qiynalyapti. Ayniqsa, Jizzaxda. Aniqroqrog'i, "sherlar" safarda Ulug'bek Baqoev shogirdlarini qatorasiga 3-bor enga olishmadi (ulardan 2tasi mag'lubiyat qayd etilgan). O'zaro uchrashuvlarga nazar solsak, bu "Paxtakor" tarixidagi eng yomon natija ekani ma'lum bo'ldi.

Yana Agishev...

"Paxtakor" o'tgan yilning 24 oktyabr kuni ham Jizzaxda 3 ochko yo'qotgan edi. Yodingizda bo'lsa, o'sha bahsni ham Vadim Agishev boshqargan va televidenieda translyatsiya qilinmagan o'yinda "So'g'diyona" g'alaba qozongandi.

Tarix takrorlandi. Jamoalarning navbatdagi to'qnashuvini ham Agishev boshqardi. U bu gal poytaxtlik ishqibozlarning keskin noroziligiga uchradi. Muxlislarning aksari Hamrobekovning chetlatilishi bilan Suyunov darvozasi tomon penalti belgilanishini adolatsizlik, deb hisoblamoqda.

Biroq tarafsiz mutaxassislar 43 yoshli referi har 2 epizodda to'g'ri qaror chiqarganini tasdiqladi.

Eski muammo...

Jizzaxdagi stadionning holati ko'pchilikka manzur kelmaydi. "So'g'diyona" bilan o'yindan keyin Maksim Shackix bunga alohida to'xtaldi. Esingizda bo'lsa, o'tgan mavsumda Piter Xyuistra raqibning maydoni borasida fikr bildirar ekan, quyushqondan chiqib ketgandi.


Eng qizig'i nima, bilasizmi? Bu mavzuni "sherlar"ning yanayam eskiroq murabbiyi - Shota Arveladze birinchi marta 2018 yilda ko'targan edi. Oradan 4 yil o'tdi. Bu orada Jizzax klubi chempionat autsayderidan OFK kubogi g'olibligi uchun asosiy davogarga aylandi. Lekin eski muammo haliyam echimini topganicha yo'q. Demak, rostan ham "bo'rilar"ning o'ziga futbol o'ynash uchun qulay maydon kerak emas. Aks holda...

Cheran cho'qqida!

"Paxtakor" yetakchisi Milan Mitrovich darvozasiga yo'l topdi. Bu serbiyalik futbolchi uchun Superligadagi 105-gol hisoblanadi. Dragan shu tariqa O'zbekiston chempionatlari tarixida eng ko'p gol urgan legioner - turkmanistonlik Artur Gevorkyanga yetib oldi. Navbatdagi gol Cheranni mutlaq rekordchiga aylantiradi.

Qizig'i, "sherlar"ning keyingi raqibi "Neftchi". Nima deb o'ylaysiz, Cheran rekord golini "Paxtakor"ning azaliy raqibi darvozasiga ura oladimi?

Obuna bo'ling → FA| futbol ANALIZI


Manba: championat.asia