Tanqidlardan so'ng Jakaning o'rniga "Arsenal"ga yangi sardor tayinlandi

Alisher
6 noya 2019, 10:45
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang "Arsenal"ning yangi sardori bo'ldi.

Shunday qilib gabonlik futbolchi "to'pchilar"ning yangi sardoriga aylandi.

Granit Jakaga keladigan bo'lsak, Unai Emeri klub har bir futbolchisiga ishonishini ta'kidladi, ammo shveytsariyalik o'yinchi haqida to'xtalib o'tmadi.

Eslatib o'tamiz, Obameyang 2018 yildan beri "Arsenal"da o'ynamoqda. U London klubiga Dortmundning "Borussiya" jamoasidan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Evening Standart