"Surxon": Nuraliev o'rniga Shkvirin bosh murabbiy bo'ldi

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2018, 20:34
PRO-ligada ishtirok etayotgan "Surxon" klubida bosh murabbiy o'zgardi.

Shu kunga qadar jamoani boshqarib kelgan Dilshod Nuraliev o'z lavozimidan ozod etildi. Uning o'rniga taniqli murabbiy Igor Shkvirin bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda "Surxon" klubi matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma'lumot uchun, Nuraliev 2001 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi bo'lgani tufayli "Surxon"dan ketdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia