"Surxon" - "Mashal" o'yinining translyatsiyasi bilan bog'liq ma'lumot berildi

Eldor Akmurzayev
15 iyun 2020, 19:45
Ayni daqiqalarda Coca Cola Superligasining 4-turidan o'rin olgan “Surxon” - “Mashal” uchrashuvi davom etmoqda.

"Hurmatli muxlislar, ayni damda "Dunyo bo'ylab" telekanali orqali jonli efirda namoyish etilayotgan "Surxon" - "Mashal" uchrashuvi ma'lum sabablarga ko'ra faqatgina Toshkent hududi aholisi jonli kuzatish imkoniyatiga ega. 

Ushbu uchrashuvni takroran telekanalimiz orqali bugun soat 00:05 dan tomosha qilishingiz mumkin", deya xabar beradi "Sport" telekanali.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: "Спорт" телеканали