

Kun davomida muxlislar jami uchta bahsga guvoh bo'lishlari mumkin. Kunning ilk bahsida "Navbahor" "Olimpiya" stadionida "So'g'diyona"ni qabul qiladi. Uchrashuv soat 19:00 da start oladi. Qo'qon shahrida "Nasaf" va "Lokomotiv" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi. Ushbu bahs ham soat 19:00 ga belgilangan. Kunning so'nggi uchrashuvida esa "Dinamo" OKMKni mehmon qiladi. Abramov - Qosimov to'qnashuvi soat 20:15 da boshlanadi.
23 aprel
"Navbahor" – "So'g'diyona"
Bosh hakam: Ravshan Abduvohidov
Yordamchi hakamlar: Shohrux Maqsudov, Adhamjon Rixsiboev
Zaxira hakami: Mamurjon Ilhomov
VAR hakami: Rustam Choriev
AVAR hakami: Baxtiyorxo'ja Shavkatov
Nazoratchi: Viktor Serazitdinov
Komissar: Qudrat Madraimov
"Nasaf" – "Lokomotiv"
Bosh hakam: Temur To'xtasinov
Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov
Zaxira hakami: Asadbek Qosimjonov
VAR hakami: Akobirxo'ja Shukurullaev
AVAR hakami: Shohrux A'zamov
Nazoratchi: Marat Ismailov
Komissar: Davron Ibrohimov
"Dinamo" – OKMK
Bosh hakam: Asker Najafaliev
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Abdurashid Erkinov
Zaxira hakami: Sanjar Ahmadov
VAR hakami: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR hakami: Ruslan Serazitdinov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Shohruh Said



