Suaresning advokati: "Bugun mijozimning diskvalifikaciyasi qisqarishiga ishonaman"

Tolibjon Qosimov
8 avg 2014, 14:16
"Barselona" va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suaresning advokati Alexandro Balbining takidlashicha, Lozanadagi sport arbitraj sudi ular uchun ijobiy natija elon qiladi.
"Bizni uzoq eshitishlar kutib turibdi. Biz ko'pgina kerakli hujjatlarni yig'dik. Bugun mijozimning diskvalifikaciyasi qisqarishiga ishonaman" - deydi Balbi.

Jenevadagi sud mahalliy vaqt bilan 08:30da boshlangan. Suares tashkilot binosiga Alexandro Balbi bilan yarim soat oldin kelgan, u yerda Urugvay futbol assotsiatsiyasi tomonidan yuborilgan advokatlar ham bor. Eshituvlar yopiq tarzda o'tadi. Hakamlar Suaresdan, uning vakillaridan, "Barselona" va Urugvay futbol federatsiyasidan kelganlarning ko'rsatmalarini tinglaydi. Suares advokatlarining hisoblashicha, FIFA futbolchiga ikki marta jazo tayinlagan va ular diksvalifikaciyaning kamida ikki baravar kamayishini kutishmoqda.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.ru