"Sporting" stadion nomini Ronaldu sharafiga o'zgartirishi mumkin

Alisher
12 okt 2019
"Sporting" prezidenti Frederiko Varandas jamoaning uy stadioni hisoblangan "Joze Alvalade"ning nomini "Yuventus" va klub sobiq o'yinchisi Krishtianu Ronaldu sharafiga o'zgartirilishi mumkinligini aytdi.

"Biz bu savolga e'tibor qaratmay tura olmaymiz. Ochig'i biz uning ismi bilan bog'lanishdan g'ururlanamiz.

Krishtianu doimo klubimiz uchun eng katta ramzlardan biri bo'lib qoladi.

Shubhasiz Ronaldu Portugaliya tarixidagi eng yaxshi o'yinchi va eng yaxshi sportchilardandir", - deydi Varandas.

Ronaldu 2002-2003 yillar davomida "Sporting"da 31ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport