Sport tibbiyoti bo'yicha mutaxassis Lamin Yamalning qaytishi uchun ehtimoliy muddatni e'lon qildi

24 apr 2026, 08:00
Sport tibbiyoti bo'yicha mutaxassis Pedro Luis Ripoll "Barselona" hujumchisi Lamin Yamalning jarohati haqida fikr bildirdi.

"Lamin Yamalning jarohati qaytalanish xavfi 30% ni tashkil qiladi, shuning uchun tiklanish muddati borasida juda ehtiyot bo'lish kerak. Agar jarohat mushak qismida joylashgan bo'lsa, oldindan aytish qulayroq bo'ladi. Biroq, agar u mushak payga birikadigan joyda yoki payning o'zida joylashgan bo'lsa, u jiddiyroq bo'lishi mumkin, kamida to'rt-olti hafta maydonga tushmasligi kerak. Qaytalanish xavfini hisobga olgan holda, uning Jahon chempionati tarkibida bo'lishi qiyin ko'rinadi. Juda ehtiyot bo'lish kerak", - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Sadena Ser.

Lamin 33-turda "Selta"ga qarshi o'yinda (1:0) jarohat olgan. Kecha kataloniyaliklar matbuot xizmati Yamalning jarohati tufayli mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishini ma'lum qilgandi.


Manba: Sadena Ser