"Spartak" "Lokomotiv"ga qarshi o'ynaydi

Mirjalol Normatov
6 yanv 2019, 15:55
Rus matbuoti xabariga ko'ra, Moskvaning "Spartak" jamoasi Toshkentning "Lokomotiv"iga qarshi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Ma'lumotlarga qaraganda, uchrashuv 16 yanvar kuni Dubayda o'tkaziladi. Hozircha bu xabarni ikki klub matbuot xizmati ham e'lon qilganicha yo'q.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Lokomotiv" 9-23 yanvar kunlari Dubayda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia