

"Tajribamiz yuqori. Elkamizda YCHLdagi ko'plab o'yinlar bor va unda jangovorlik va xarakter namoyish qila olganmiz. Natijani o'zgartirish uchun doimo imkoniyat bo'lgan. Jamoa shunday qila olishiga ishonaman.
Birinchi o'yinda yo'lga qo'yilgan xatolarni ko'rib chiqyapmiz. Doimo vaziyatni o'nglash imkoni beriladi. "Milan" texnik jamoa. Ularning motori bor. Biz mayda detallarga e'tibor qaratishimiz kerak. Chunki biz ulardan ko'ra yaxshiroq holatdamiz", - dedi Spalletti.



