Spalletti: "Inter"ga maosh olish uchun emas, g'alaba qozonish maqsadida kelganman"

Aslanov Jasurbek
22 okt 2018, 11:07
"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyaning 9-turida "Milan" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.

"Biz golni oldinroq urmoqchi edik. Buni uddalaganimizda, hammasi ideal bo'lardi. "Inter" g'alabaga munosibligi ko'rinib turdi. Maqtovlarga loyiqmiz, chunki raqibdan yaxshiroq o'yin ko'rsatdik.

"Inter"ga murabbiylar o'rindig'ida o'tirib, maosh olish uchun emas, g'alaba qozonish maqsadida kelganman. Jamoaning kelajagini qurish uchun bu yerdaman.

Final xushtagidan so'ng Ikardining barqarorroq bo'lishimiz kerakligi borasida aytgan gaplari yoqdi. "Inter" avvalgi darajasiga qaytish uchun bizlarni tanladi. Vazifamiz - klub bizni tanlab, adashmaganini isbotlash" - deydi Spalletti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia