Sovetskiy sport: Zenit Dzyubani qishdayoq sotib olmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
9 fev 2015, 00:44
Zenit Spartak hujumchisi Artem Dzyubani qishdayoq o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Tomonlar Dzyuba yozda Zenitga o'tishi borasida kelishib olishgandi. Biroq u fevral oyidayoq Sankt-Peterburgga kelishi mumkin.

Zenit rahbariyati Yevropa ligasi pley-offida PSVga qarshi o'yinda hujumchilarning harakatlaridan so'ng Dzyuba borasida yakuniy qarorga keladi.

Dzyuba uchun Zenit Spartakka 1 million evro to'laydi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru