

Jarohatini davolash bilan bo'layotgan bu ikki futbolchi sentyabr oyidan boshlab umumiy guruh bilan mashg'ulotlarga kirishishlari kutilmoqda.
Kecha Jamshid Boltaboev hamda Javohir Sohibov "Paxtakor" mashg'ulotlariga tashrif buyurishdi va Shota Arveladze jamoani qay tariqa shug'ullantirayotganini kuzatishdi.
"Paxtakor"ning yana bir jarohatlangan futbolchisi Stanislav Andreev esa bugun-erta Turkiyaga uchib ketadi. Eronga qarshi o'yinda jarohat olgan Andreev Turkiyada jarrohlik stoliga yotqizilishi kutilmoqda.



