

"Uzoq mavsum bo'ldi, bunday natijaga erishish uchun biz ko'plab holatlarni boshdan o'tkazdik. Oxirgi kun yetib keldi va ikki jamoa chempionlik uchun kurashmoqda. Bu Ispaniya chempionati.
- O'yindan nimalarni kutyasiz?
- Turli maqsadga ega, ammo o'ziga kerakli natija uchun hayotini beradigan ikki jamoa o'rtasidagi final bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" birinchi o'rinni egallab turibdi va "Real"ni ikki ochkoga ortda qoldirmoqda. "Valyadolid" esa Ligada qolish uchun kurash olib bormoqda. Jamoaga g'alaba ham La Ligada qolishga yordam bermasligi mumkin. Ularning qolish-qolmasligi raqiblarning natijasiga bog'liq.



