Shtefan Lixtshtayner: "Real" haqida o'ylashga hali erta"

Tolibjon Qosimov
5 sen 2013, 18:30
"Yuventus" himoyachisi Shtefan Lixtshtayner mavsum startidan qoniqqanini aytib o'tdi.
Turinliklar Italiya Superkubogida "Lacio"ni mag'lub etdilar, keyinroq esa chempionat doirasida "Sampdoriya" (1:0) va "Lacio" (4:1) jamoalarini mag'lub etdi.
"Mavsumning omadli bolanishi juda muhim va biz bunga erisha oldik", deya futbolchi so'zlaridan Football Italia iqtibos keltirmoqda.

"Superkubog g'olibi bo'lish va chempionatning dastlabki ikki o'yinida 6 ochko olish... Bundan zo'r startni tasavvur hvm qilib bo'lmaydi. Bu o'zimizga bo'lgan ishonchni oshirib yubordi.
Sentyabrda bizning ikki muhim o'yinimiz bor. "Inter"ga qarshi chempionatda va Chempionlar Ligasida "Real"ga qarshi uchrashuv. 

"Hozir men faqat Islandiya terma jamoasi safidagi o'yinlarga e'tiborimni qarataman. "Real" va "Inter" haqida o'ylashga hali erta", dedi Shtefan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru