Shoxruz Norxonov: “G'alaba qozonishimiz uchun 10 daqiqa yetmadi”

Narzulla Saydullayev
26 avg 2016, 14:52
Kecha chempionatimizning 20-turida “Obod” klubi o'z uyida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qilib durang natija qayd etdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng “Obod” klubi futbolchisi Shoxruz Norxonov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Metallurg”ga qarshi juda ham og'ir o'yin bo'ldi. Bizga omad yetishmadi deb o'ylayman. Chunki, birinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsata olmadik. Ikkinchi bo'limda esa umuman boshqacha futbol namoyish etdik. Agarda, ikkinchi bo'limdagi o'yinimizni birinchi bo'limda ham ko'rsata olganimizda balki yirikrok hisobda g'alaba qozongan bo'larmidik.

Ikkinchi bo'lim so'ngida “Metallurg” ustidan g'alaba qozonishimiz uchun bizga 10 daqiqa yetmadi. Birinchi bo'limda maydonga tushmaganimning sababi, terma jamoa yig'inidan klub bazasiga o'yin kuni yetib keldim. Bizda, kim o'yindan oldingi mashg'ulotlarda ishtirok etsa o'sha asosiy tarkibda maydonga tushadi. Men jamoam bilan o'yinoldi mashg'ulotlarida qatnashmadim. Shuning uchun ham birinchi bo'limda zaxirada qoldim. Lekin, ikkinchi bo'limda murabbiyimiz meni maydonga tushirdi va jamoamga foyda keltirdim. Bundan xursandman. Nima ham derdik bu futbol. Keyingi turda bizni “Bunyodkor”ga qarshi bundanda og'ir bo'lgan uchrashuv kutib turipti”, - deydi “Obod” klubi hujumchisi Shoxruz Norxonov.

Jahongir Sotvoldiev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia