Shomurodovdan o'ziga xos rekord...

“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov ijara asosida “Speciya” tarkibiga ko'chib o'tganidan xabaringiz bor.

E'tiborli jihati, hamyurtimiz “burgutlar” tarkibidagi eng qimmatbaho o'yinchilardan biriga aylandi. Eldorning ayni paytdagi transfer bahosi 7 mln evroga teng. “Speciya”da undan qimmatroq 2 nafar futbolchi bor ekan. Bular: “Chelsi”dan ijaraga olingan Itan Ampadu (9mln evro) va italiyalik himoyachi Simone Bastoni (7,5 mln evro).

“Speciya” Shomurodovning 5 oylik xizmati uchun rimliklar hisob raqamiga 1,5 mln evro o'tkazib berishi kerak. Bu klub tarixidagi o'ziga xos rekord hisoblanadi. Jamoaning 116 yillik tarixida hali hech qaysi futbolchining ijarasi uchun bunaqa mablag' to'lanmagan edi.


Manba: championat.asia