"Eldor Shomurodovga "Everton", "Lill", "Bayer" va boshqa klublardan qiziqish bor edi"

Omonjon To`xtamirzayev
10 mar 2023
Xabaringiz bor, transfer huquqi "Roma"ga tegishli bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ijara asosida "Speciya" safida harakat qilmoqda.

Futbolchining agenti Tkachenkoning sports.ru saytiga bergan intervyusida aytishicha, transfer oynasi vaqtida Shomurodov xizmatlariga "Everton", "Valyadolid", "Lill" va "Bayer" kabi klublar qiziqish bildirgan. 

"Kuz davomida biz Eldor Rimni tark etishi kerak degan qarorga keldik. Biroq A Seriyada qolish principial ahamiyatga ega edi. Sababi, hozir u muntazam ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'lishi muhim va buni tanish mamlakat, chempionatda amalga oshirish osonroq bo'ladi", - dedi mutaxassis.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Championat.asia