Shomurodov vs Afonin. Bugun "Rostov" "Orenburg"ni qabul qiladi

Aslanov Jasurbek
13 iyul 2019
Kecha, 12 iyul kuni Rossiya Premer-ligasining yangi mavsumiga start berildi.

"Arsenal" hamda "Dinamo" o'rtasidagi ochilish bahsida 1:1 hisobidagi durang qayd etildi.

Bugun RPLning 1-tur o'yinlaridan o'rin olgan uchta uchrashuvi bo'lib o'tadi. Ular orasida biz uchun qiziq bo'lgan bahs mavjud: "Rostov" - "Orenburg".

Ushbu jamoalar tarkibida o'zbek futbolchilari to'p tepadi. O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov rostovliklar sharafini himoya qilsa, MTJ sobiq yarim himoyachisi Vadim Afonin "Orenburg" tarkibida to'p tepadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:30da boshlanadi. O'yin Match Premer telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Rossiya Premer-ligasi

1-tur

23:30. "Rostov" - "Orenburg" (Match Premer)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia