Shneyderlen: "Sautgempton"dan faqat Chempionlar ligasida o'ynaydigan jamoaga ketaman"

Aslanov Jasurbek
26 may 2015, 13:45
"Sautgempton" yarim himoyachisi Morgan Shneyderlen Chempionlar ligasida o'ynaydigan jamoaga o'tishni istayotganini ma'lum qildi.
"Bu mavsumda ko'p narsani o'rgandim. Maqsadim Angliyada qolish. Menga Premer-liga yoqadi va bu chempionatda o'ynashdan rohat olaman. "Sautgempton"dan faqat Chempionlar ligasida o'ynaydigan jamoaga ketaman. Gap-so'zlar ko'p, ammo hech narsa hal bo'lgani yo'q. Transfer bahosi? Bilmadim, ammo men uchun katta pul so'rashlari aniq. "Sautgempton" o'z futbolchilarini sotishni yaxshi biladi" - deydi Shneyderlen.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com