

"Albatta, "Arsenal"ning barcha uchrashuvlarini tomosha qilaman. Ular chempion bo'ladi deb umid qilaman. Teo Uolkott bilan suhbatlashdim va unga chempion bo'lishi kerakligini aytdim, ammo bu sodir bo'lsa men aqmoq bo'lib ko'rinaman! Men "to'pchilar" safida bo'lganimda "Arsenal" chempion bo'lmagan va agar ular zafar quchishsa odamlar shunday deydi: "Qaranglar, Shesni ketdi, muammo kimdaligi ma'lum bo'ldi".
Xazillashyapman, ammo bu haqiqat bo'lishi mumkin. To'rt mavsum davomida asosiy darvozabon bo'ldim, mengacha boshqa posbonlar o'ynagan, ammo ular ham chempion bo'la olmagan. Bu menga salbiy ta’sir qiladi deya olmayman, chunki "Arsenal" muxlisiman" - deydi Shesni.



