Shaxter Fakundo Ferreyrani 9 million dollarga sotib oldi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2013, 03:52
Doneckning Shaxter klubi Argentinaning Veles Sarsfild klubi hujumchisi Fakundo Ferreyra bilan 5 yillik shartnoma tuzdi.
Transfer 9 million dollarga baholandi, deb xabar bermoqda Shaxter klubi rasmiy sayti.

Men juda baxtliman. Shaxterdan qiziqish bo'lganidan juda xursandman.

Bildirilgan ishonchni futbol maydonidagi ajoyib o'yinlarim va albatta gollarim bilan oqlashga intilaman. Mendan ko'plab gollar kutinglar, – deydi Ferreyra.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru