Rasman: Sharof Muhitdinov "Nasaf"ga qaytdi

Alisher
26 yanv 2022, 17:53
"Nasaf" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, o'tgan mavsumda Toshkentning "Paxtakor" jamoasida harakat qilgan Sharof Muhitdinov erkin agent sifatida Qarshi klubiga qaytdi.

Sharof Muhitdinov "Nasaf" bilan bir yillik shartnomaga qo'l qo'ydi.

O'yinchi o'tgan mavsumda toshkentliklar safida 25 o'yinda maydonga tushgan va 2 gol muallifiga aylangan.

"Ishonamizki, Sharof joriy mavsumda Nasaf bilan ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritadi. O'z uyinga xush kelibsan, Sharof!", - deyiladi klub xabarida.


AlisherMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати