Shahram G'iyosov futbolga boradi

Narzulla Saydullayev
29 sen 2017, 11:39
Barchangizga ma'lumki 2017 yil 30 sentyabr soat 18:00 da “Buxoro” jamoasi “Metallurg” jamoasini mehmon qiladi.

O'yinda “Buxoro”ni  qo'llab-quvvatlash uchun muxlislar qatorida Jahon va Osiyo chempioni, Rio Olimpiadasi kumush medal sohibi hisoblangan bokschi Shaxram G'iyosov ham mezbonlarni qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyuradi.

O'yindan so'ng Shahram G'iyosov bilan matbuot anjumani o'tkaziladi.  Barcha sport muxlislarini uchrashuvda kutib qolamiz.

"Buxoro" matbuot xizmati



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia