Server Jeparov Rossiyadagi amaliyot jarayoni haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2024, 13:50
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq sardori, hozirda "Olimpik" murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan Server Jeparov Rossiyada o'tkazayotgan amaliyoti haqida to'xtalib o'tdi.

"31 avgust kuni men Moskvaga uchib keldim. Ikkita o'yinda bo'ldim: "Spartak" – "Rubin" va "Lokomotiv" – "Krasnodar". 



3 sentyabr kuni Qozonga bordim. Shu kundan boshlab "Rubin"dagi amaliyotim boshlandi. 27 sentyabrgacha u yerda bo'ldim: bosh murabbiy Rashid Rahimov bilan suhbatlashdim, o'quv jarayoni va nazariyasida qatnashish uchun ruxsat oldim, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy va jamoa shifokori bilan ham suhbatlashdim. Shu vaqt ichida "Rubin" o'tkazgan barcha o'yinlarda qatnashdim.



Shundan so'ng Moskvaga qaytib keldim va u yerda amaliyotimni "Dinamo"da davom ettirdim. 29 sentyabrdan 6 oktyabrgacha u yerda bo'ldim. Men "Rubin"dagidek sxema bo'yicha amaliyot o'tadim. Juda ko'p tajriba va yangi bilimlarga ega bo'ldim, ularni yaqin kelajakda amalda qo'llashga umid qilaman", – dedi Jeparov.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia