"Sassuolo" "Yuventus"dan Lokatelli uchun 40 million evro so'radi

Alisher
4 mar 2021, 13:55
"Yuventus" "Sassuolo" yarim himoyachisi Manuel Lokatelli uchun bosh da'vogar bo'lib qolmoqda.

"Yuventus" rahbarlari 40 million evro talab qilayotgan "Sassuolo" bilan kelishuvga erishishga urinishmoqda.

Lokatellining xizmatlariga shuningdek Yevropaning top-klublari, jumladan "Manchester Siti" va "Atletiko" klublari qiziqish bildirmoqda.

Futbolchi joriy mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira