Sampaoli: "Messi va Dibala bir-birini to'ldirishi juda muhim"

Aslanov Jasurbek
30 avg 2017, 18:23
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaolining so'zlariga ko'ra, u hujumchilar Lionel Messi va Paulo Dibalalarning bir-birini o'zaro tushunib o'ynashiga umid qilmoqda.

Argentinaliklar 1 sentyabr kuni Urugvay terma jamoasi mehmoni bo'ladi.

"Messi yana bir jahon chempionatida ishtirok etishni istamoqda. Bizni faqat g'alaba qoniqtiradi. Buning uchun Messi va Dibala maydonda bir-birini to'ldirib turishi juda muhim" - deydi Sampaoli.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo