Saloh APL chempionligiga asosiy davogar jamoa nomini aytdi

Khoja
31 avg 2025, 10:00
"Liverpul"ning misrlik hujumchisi Muhammad Saloh boshlangan mavsumning chempionligiga asosiy favorit deb "Arsenal"ni hisoblashini ma'lum qildi.

"Agar chempionat favoritlari haqida gapiradigan bo'lsak, men "Arsenal"ni alohida takidlagan bo'lardim. Ular besh-olti yil birga o'ynagan barqaror tarkibga ega, shuning uchun maydonda o'zaro tushunish ancha osonroq. "Liverpul" va "Manchester Siti" so'nggi paytlarda o'z tarkibida juda ko'p o'zgarishlarni amalga oshirdi. Gvardiola jamoasi har doim davogarlar qatorida, ammo bu mavsumda men "Arsenal"ning imkoniyatlarini yuqori baholayapman", - dedi Saloh.

Eslatib o'tamiz, bugun APLning 3-turida "Liverpul" va "Arsenal" o'zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 20:30 da start oladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com