

Final hushtagi yangraganidan so'ng esa Malik akani fikrlari bilan qiziqdik:
"Ko'rganimizdek, terma jamoalarning kuchlari teng ekan. Mustaqillik sharofati bilan mamlakatimizda ham futzalga e'tibor qaratila boshlandi. So'nggi 10 yil ichida Toshkentda uchinchi marotaba Osiyo Chempionati o'tkazildi. Uch marta terma jamoamiz finalgacha yetib keldi. Bizga ozgina omad yetishmadi. Yigitlar yaxshi o'ynashdi. Asosiy vazifani bajarib, jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdik. Lekin, ishtaha ovqat paytida keladi deganlaridek Osiyo Chempionligiga ham yaqin kelgandik. Biroq, ozgina omad yetishmadi. Eron kuchli terma jamoa. Lekin, baribir Osiyoda kimdir Eronni to'xtatishi kerak. Yaponiyani qo'lidan kelgandi, nimaga bizni qo'limizdan kelmaydi? O'ylaymanki, kelajakda bizni yigitlar ham buni uddalaydilar", - deya o'z fikrlariga yakun yasadilar Malik aka.




