Runi: "Park Ji-Sun "Yunayted"ga Ronaldu kabi kerak edi"

Mirjalol Normatov
17 may 2020, 15:24
"Manchester Yunayted"ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi janubiy koreyalik Park Ji Sunning jamoaga bo'lgan foydasi haqida gapirdi.

"Agarda 12 yoshli muxlisdan "Manchester Yunayted"dagi Ronaldu haqida savol bersangiz: "U dahshat o'ynagan", deydi. Park Ji Sun haqida so'rasangiz, uni tanimasligini aytadi.

Park bilan o'ynaganlar yaxshi biladi, u jamoaga Ronaldu kabi kerak bo'lgan. U kollektivdagi juda katta bosimni o'z bo'yniga olardi. Futbolning yuqori darajasida bo'la turib, yulduzligini tan olmaydigan futbolchilar doimo kerak.

G'alabani tushunish hissi doimo kerak. Faqatgina jamoaviy o'yin emas, mentalitet ham sovrinlarni qo'lga kiritishda muhim o'rin tutadi. Sen jamoadamisan, demak, murabbiyning ko'rsatmalarini bajarishing kerak. Bir futbolchi esa butun bir o'yinni buzib qo'yishi mumkin", - dedi Runi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal