“Rostov” legioneri Norvegiya klubiga o'tdi

Eldor Akmurzayev
14 fev 2020
“Rostov” yarim himoyachisi Anton Saletros mavsum oxiriga qadar ijara asosida “Sarpsborg-08” klubida harakat qiladi.

Mazkur jamoa Norvegiya yuqori divizionida qatnashadi. 

23 yoshli xavbek joriy mavsum “sariq-ko'klar” tarkibida birorta ham o'yin o'tkazmadi. Biroq, klubning yangi mavsumga tayyorgarlik bosqichida o'tkazilgan o'rtoqlik bahslarida maydonga tushdi.

Shvetsiyalik futbolchi avvalgi mavsumni ham Norvegiyada ijara asosida XIK safida o'tkazgan edi. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: fc-rostov.ru