

Futbolchi taniqli agent Jorje Mendeshga tegishli.
Jorje Mendesh o'z mijozini Liverpulga o'tkazmoqchi. Oldinroq agent uni Barselona va Realga taklif qilgandi. Mendesh Krishtianu Ronalduning ham agenti hisoblanadi.
Karvalyu 12 yoshgacha Lissabonda yashagan, keyin Angliyaga ko'chib ketgan. Yarim himoyachi Angliya U-18 terma jamoasida o'ynagan. Terma jamoa safida 6ta o'yinda maydonga tushishga ham ulgurdi.
Bu mavsum Karvalyu Fulxem safida Chempionshipda 7ta o'yinda ishtirok etdi va 3ta gol urdi. Futbolchining shartnomasi 2022 yil yozida tugaydi. Transfermarket uni 250 ming evroga baholamoqda.



