Ronaldu Portugaliya termasining navbatdagi o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
5 mar 2026, 16:59
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi va va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mushak jarohatini oldi va 2 haftadan 4 haftagacha maydondan chetda qolishi mumkin.

Bu haqda taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, ushbu jarohat tufayli 41 yoshli forvardning Portugaliya termasining navbatdagi yig'inida ishtirok etishi so'roq ostida. Portugaliya terma jamoasi yig'in doirasida Meksika va AQSHga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishni rejalashtirgan.

Yaqin vaqt ichida Ronaldu qo'shimcha tibbiy tekshiruvlardan o'tadi - jarayon tiklanish muddatini aniq belgilab beradi.

Avvalroq uning jarohati haqida ma'lumot berilgan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano