Ronaldu Nike bilan shartnomasidan qancha mablag' topishi ma'lum bo'ldi

7 sen 2019, 07:05
Krishtianu taniqli brend bilan shartnomasidan mo'may daromad ko'radi.

Takdilanishicha, Nike Ronalduga yiliga 16,2 mln evro to'laydi. Krishtining Nike bilan shartnomasi 2016 yil sentyabrida tuzilgan. U 2026 yil o'rtalariga qadar amalda bo'ladi.

Agar Ronaldu shaxsiy sovrinlarga (“Oltin to'p”) ega chiqadigan bo'lsa, u holda brend futbolchiga 4 mln evro bonus ham berishni bo'yniga olgan. 


Manba: Der Spiegel