Ronaldu Messi bilan munosabatlari haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
18 noya 2022, 07:11
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Lionel Messi bilan munosabatlari haqida gapirdi.

"Lionel bilan munosabatimiz ajoyib. Mening tushuncham bo'yicha biz do'st emasmiz. Men uchun do'st - uyimga kelgan, qo'ng'iroqlashib turadigan insondir. Bizda Messi bilan bunday emas. Biz katta ehtimol jamoadoshlardekmiz. 

Men haqimda gapirgan gaplari uchun uni juda hurmat qilaman. U futbol uchun zo'r ishlarni qilayotgan ajoyib yigit", - dedi Ronaldu. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Sun