Ronaldu A Seriyadagi g'alabadan so'ng 5,5 million funtga yaxta xarid qildi

Alisher
30 iyul 2020, 14:44
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yangi yaxta xarid qildi.

Yaxta portugaliyalik futbolchi uchun 5,5 million funtga tushdi. Unda 5ta kayuta, 6ta hammomxona, ikkita dam olish hududi, katta laundj-hudud, oshxona (stolli), zamonaviy oshxona va panoramali dengiz manzarasi ko'rinib turadigan to'liq uzunlikdagi derazalar.

Ronaldu bu yaxtadan olingan suratni instagram sahifasiga qo'ygan. Unda futbolchining sevgan qizi Jorjina Rodriges va to'rt nafar bolasi aks etgan.


AlisherMuallif
Manba: dailymail.co.uk