Ronaldo Braziliya termasiga JCHda nima yetishmaganini aytdi

Mirjalol Normatov
25 dek 2022, 10:34
Sobiq futbolchi Ronaldo Braziliya termasining JCH-2022dagi ishtiroki haqida gapirdi.

"Garchi chorak finaldayoq turnirni tark etgan bo'lsa-da, terma JCHni yaxshi o'tkazdi. Jamoaga strategik yo'nalish yetishmadi. Xorvatiyaga gol urilganidan keyin jamoa o'z o'yinini yo'qotib qo'ydi.

Bosim berayotgan paytda yanada yaxshiroq harakat qilishni o'rganish kerak. Bor kuchni ikkinchi golni urish uchun ishlatib yuborish yaramaydi. To'pni ushlab turish, o'yinni nazorat qilish, raqibni shunchaki to'psiz o'ynatish bilan vaqtni o'tkazish kerak edi.

Faqatgina shu yetishmadi", - dedi Ronaldo.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Apostagolos