Ronald Arauxoning "Shaxtyor"ga qarshi o'yinda olgan jarohat jiddiy bo'lib chiqmadi

Administrator
8 noya 2023, 21:05
Futbolchi "Alaves"ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi.

"Barselona" klubi himoyachisi YCHL to'rtinchi turi doirasidagi "Shaxtyor"ga boy berilgan o'yinning oxirida jarohat olgandi. Sonini jarohatlab olgan futbolchi noqulaylikka qaramay o'yinni yakunlab qo'ygandi.

Marca nashriga ma'lum bo'lishicha, Arauxoning jarohati jiddiy emas. Himoyachining muskullarida biroz zo'riqish bor, holos. 

Urugvaylik himoyachi yakshanba kuni "Alaves"ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi.


AdministratorMuallif
Manba: Marca