"Roma" Xaver Pastorening transferidan 10 million evro ishlab olmoqchi

Alisher
4 avg 2020, 16:18
"Roma" yozgi transferlar oynasida yarim himoyachi Xaver Pastoreni sotmoqchi.

Italiya klubi 31 yoshli futbolchi uchun 10 million evro miqdoridagi narx qo'ydi va argentinalik futbolchini sotmoqchi. Ayni damda o'yinchiga "Zenit" va "Los-Anjeles Gelaksi" klublari qiziqmoqda.

"Zenit" Pastorega o'tgan yilning fevralida ham qiziqqandi. Ammo, o'shanda futbolchi Rossiyaga kyetishni xohlamagan va Italiyada qolishni afzal ko'rgandi.

Yarim himoyachi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 11ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: tntsports.com.ar