Rio Ferdinand nechi yoshida Saudiya Arabistoni chempionatiga ketgan bo'lishini aytdi

Mirjalol Normatov
13 avg 2023, 12:49
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand ham futbolchilik davrida imkoniyati bo'lganida Saudiya Arabistoni chempionatiga ko'chib o'tgan bo'lishi mumkinligini aytdi.

"Bu yerda kontekst juda muhim. Agarda men sovrinlarga, muvaffaqiyatlarga o'ch bo'lgan yoshlik paytim bo'lsa, "yo'q" degan bo'lardim. Ishonaman, o'shanda men APL va Yevropada sovrinlarga erishish uchun mukkasidan ketgandim.

Agarda yoshim 27-28 bo'lganida, sovrinlarni kollekciyamga qo'shib qo'ygan bo'lsam, shunday katta maosh uchun ketgan bo'ladim. Shak-shubxasiz", - dedi Ferdinand.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TNT Sports