RFI prezidenti: “OFK bizni qabul qilishga tayyor”

Eldor Akmurzayev
24 dek 2022, 08:15
Rossiya futbol ittifoqi rahbari Aleksandr Dyukov Osiyo futbol konfederatsiyasiga o'tish yaqinligini tasdiqladi.

“Ayni vaqt OFK bizni qabul qilishga tayyor. Bizning ma'lumotlarga ko'ra, FIFA UEFAdan chiqib, OFKga o'tishimizga qarshilik qilmaydi. RFI seshanba kuni videokonferenciya vaqtida OFKga o'tish masalasini muhokama qiladi, keyin esa yakuniy qaror qabul qilinadi”, deydi tashkilot rahbari.

Avvalroq, RFIning OFKga o'tish jarayoni dekabr oxiridan boshlanib, martgacha davom etishi haqida xabarlar tarqalgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Match TV