"Renn" Ruganini "Yuventus"ga muddatidan oldin qaytarishi mumkin

Alisher
26 dek 2020
"Renn"da ijara asosida o'ynayotgan "Yuventus" himoyachisi Daniele Rugani muddatidan oldin Turin klubiga qaytishi mumkin.

Fransiya klubi rahbariyati 28 yoshli italiyalik futbolchining holatidan norozi. O'yinchi sog'lig'i sabab ko'plab o'yinlarni o'tkazib yubordi.

Daniele joriy mavsum Liga 1 doirasidagi faqatgina 1ta o'yinda ishtirok etdi. Ruganining "Renn" bilan tuzgan ijara shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

"Qizil-qoralar" Fransiya chempionatida 17 turdan so'ng 31 ochko jamg'argan holda, jadvalda 4-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: Footmercato