J.Rednapp: “Man Siti” yo “Liverpul”dan birini tanlash, bu xuddi "Messi yo Ronaldu?" so'roviga o'xshaydi”

Eldor Akmurzayev
25 iyun 2020, 21:30
Mersisaydliklar sobiq futbolchisi va hozirda Sky Sports sharhlovchisi hamda eksperti bo'lib ishlayotgan Jeymi Rednapp APL yetakchilarini haqida gapirdi.

“Manchester Siti” yoki “Liverpul”? Bu xuddi “Messi yoki Ronaldu?” so'roviga o'xshaydi. Qaysi birini afzal ko'rasiz? Ikkalasi ham ishlarini a'lo darajada uddalashmoqda.

“Man Siti”ning o'yini ko'proq yarim himoyadan qurilgan, ular to'pga egalik qilishni xush ko'rishadi. “Liverpul” esa farq qiladi, ularda “Kristal Pelas”ga qarshi o'yindagi so'nggi golda mo'jizaviy tarzda harakat qilgan ajoyib hujum uchligi bor. Mana nima uchun “Liverpul” hujumga o'tganda juda tez harakat qiladi.

Ikkalasining o'yinini kuzatish zavq bag'ishlaydi. Ammo bazilarga Ronaldu, boshqalarga esa Messi yoqadi. Hammasi qanday futbolni yaxshi ko'rishingizga bog'liq, deydi Rednapp.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports