Rebich so'nggi 11 o'yinda 9 ta gol urdi

5 iyul 2020, 08:35
“Milan” forvardi Ante Rebich Italiya chempionati 30-turi doirasida “Lacio”ga (3:0) qarshi bellashuvda raqib darvozasini ishg'ol etdi.

Bu Rebichning Italiya A seriyasi bahslarida so'nggi 11 uchrashuvda kiritgan 9 goli bo'ldi. Undan oldingi ettita bellashuvda u biror marotaba ham gol urolmagandi.

26 yoshli xorvatiyalik futbolchi mavsum boshidan buyon A seriyada 10 ta gol urishning uddasidan chiqqan.


Manba: sports.ru